"Kentavr" — hosildorlikni oshiruvchi aqlli agro-robot. Kasalliklarni erta aniqlash, dori purkash va tabaqalab yig'ish tizimi orqali operatsion xarajatlarni qisqartiring.
Issiqxona yo'laklarida mustaqil harakatlanuvchi aqlli platforma. Maxsus datchiklar yordamida to'siqlarni aylanib o'tish va optimallashtirilgan marshrutlar.
2 erkinlik darajasiga ega manipulator yordamida balandligi 1 metr, kengligi 0.4 metr bo'lgan o'simlikning istalgan qismiga aniq yetib borish kafolati.
Bitta platformaning o'zida ehtiyojga qarab purkovchi yoki hosil yig'uvchi uskunalarni oson va tez almashtirish imkoniyati.
Biznesingizga moslashuvchan yechimlar
Robot as a Service: Uskunalarni ijaraga olish va muntazam xizmat ko'rsatish obunasi orqali boshlang'ich xarajatlarni minimal darajaga tushiring.
Qurilmani to'liq xarid qilish orqali uzoq muddatli aktivlarga ega bo'ling.
Muntazam yangilanib boruvchi AI algoritmlari va dasturiy ta'minot xizmatlari orqali robotning samaradorligini oshirib boring.
Loyiha ortida Samarqand davlat universiteti mutaxassislari, kuchli muhandislik salohiyatiga ega jamoa turibdi.
Biz nufuzli dasturlarda muvaffaqiyatli ishtirok etganmiz va hozirda amaliy prototiplarimiz issiqxona sharoitida sinovdan o'tmoqda.
Oldindan buyurtma berish yoki investitsiya kiritish bo'yicha takliflaringizni yuboring.
📍 Samarqand davlat universiteti
📧 islom.k1995@gmail.com
📧 +998933393966